Kiyev
Kyiv ukraincha: Київ | |
---|---|
shahar | |
50°27′0″N 30°31′25″E / 50.45000°N 30.52361°E | |
Mamlakat | Ukraina |
Hukumat | |
• mer | Vitaliy Klichko |
Aholisi (2022) |
2 950 702 |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
Telefon kodi | +380 44 |
Pochta indeks(lar)i | 01001—06999 |
Kiyev yoki Kyiv (ukraincha: Київ) – Ukraina poytaxti. Yirik sanoat, madaniyat va fan markazi, qahramon shahar, Kiyev viloyati markazi. Dnepr daryosidagi port. Yirik temir yoʻl, shosse va havo yoʻllari tuguni. Dnepr daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi–5,8°, iyulniki 19,5°, Shahar maydon 800 km2. Aholisi 2888,4 ming kishi (2024)[1].
Hozrigi Kiyev xududida bundan bir necha ming yil muqaddam dastlabki manzilgoxlar boʻlgan. „Kiyev“ nomi V asr oxiri – VI asr boshidagi uning afsonaviy asoschisi Kiy ismi bilan bogʻliq. Kiyev milodiy VI—VII asrlarda sharqiy slavyanlarning polyan qabilasi markazi sifatida tashkil topgan[2]. 882-yil Kiyev knyaz Oleg qoʻl ostiga oʻtdi va 1132-yilgacha Kiyev Rusining siyosiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. 1240-yil Kiyevni moʻgʻullar zabt etdi. 1362-yildan Litva va Polsha tarkibida boʻlgan. 1654-yilda Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olingan.
1917-yil oktabrda hokimiyatni Markaziy rada egalladi. 1918-yil 26-yanvarda Kiyevni kizil armiya bosib oldi. 1918-yil 1-martdan Kiyev avval nemislar, keyin denikinchilar qoʻl ostida boʻldi. 1920-yillardan boshlab shaharning sanoat jihatdan ahamiyati oʻsa boshladi. 1941-yil sentabrda Kiyevni fashistlar Germaniyasi bosib oldi, 1943-yil noyabrda Kiyev ozod etildi. 1990-yildan mustaqil Ukraina poytaxtiga aylangan[3] .
Mashinasozlik, shu jumladan, stanoksozlik, transport mashinasozligi, aniq priborsozlik, elektrotexnika va radioelektronika markazi. Yengil (shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal), poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Metropoliten ishlab turibdi (1960-yildan). Ukraina Fanlar akademiyasi, 18 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), 15 teatr (shu jumladan, Ukraina opera va balet teatri), filarmoniya, qariyb 30 muzey (shu jumladan, T. G. Shevchenkoning adabiy-badiiy muzeyi, tarix, ukrain tasviriy sanʼat muzeyi, rus sanʼati, gʻarb va sharq sanʼati muzeylari, xalk, meʼmorligi va turmushi muzeyi, Kiyev tarixi muzeyi, arxeologiya, xalq bezagi sanʼati muzeylari, adabiyot va sanʼat arxiv-muzeyi, tibbiyot tarixi muzeyi va boshqalar), respublika stadioni bor.
Kiyevda Sofiya sobori (XI asr; qoʻngʻiroqxonasi XVII—XIX asrlar), Oltin darvoza (XI asr), Vidubetsk monastiri (II-asr), Spas cherkovi (XI asr oxiri – XII asr boshi), Kirill cherkovi (XII asr), Kiyev Pechera lavrasi (XII—XVIII asrlar), Andreyev cherkovi (XVIII asr), Vladimir sobori (XIX asr) saqlangan. 1947–54-yillarda shahar markaziy koʻchasi ansambli – Kreshchatik barpo etilgan. 60–80-yillarda Rusanovka, Obolon va boshqalar turar joy massivlari vujudga keldi. Babiy Yarda yodgorlik (1976), „1941–1945-yillar urushi tarixi Ukraina davlat muzeyi“ memorial majmuasi (1981) barpo etildi[4].
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- oʻzbekcha: Kiyev
- inglizcha: Kyiv (/ˈkiːɪv/ KEE-iv,[5] /kiːv/ KEEV[6]) or Kiev (/ˈkiːɛv/ KEE-ev)[7][8]
- ukraincha: Київ, uk[9]
- ruscha: Киев,[lower-alpha 1] ru[8]
Kiyev – bu shaharning rasmiy ukraincha nomi[10][11] va qonunchilik hamda rasmiy hujjatlar uchun shu nom ishlatiladi[12].
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiyevda yoz iliq kechadi, nam kontinental iqlim (Köppen tasnifida Dfb) hukm suradi[13]. Eng issiq oy: iyun, iyul va avgust, oʻrtacha harorat 13.8 to 24.8 °C (56.8 to 76.6 °F). Eng sovugʻi dekabr, yanvar va fevral oylari boʻlib, oʻrtacha harorat −4.6 to −1.1 °C (23.7 to 30.0 °F). Shaharda eng yuqori harorat 1936-yil 30-iyulda qayd etilgan boʻlib, 394 °C (741 °F) ni tashkil etgan[14][15].
Shaharda eng sovuq harorat 1951-yil 11-yanvarda qayd etilgan boʻlib,−329 °C (−560.2 °F) ni tashkil etgan[14][15]. Qor odatda noyabr oyining oʻrtalaridan mart oyining oxirigacha boʻladi, ayozsiz davr oʻrtacha 180 kun davom etadi, lekin baʼzi yillarda 200 kundan oshadi[16].
Kyiv (1991–2020, 1881–hozir) iqlim koʻrsatkichlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oy | Yanvar | Fevral | Mart | Aprel | May | Iyun | Iyul | Avgust | Sentyabr | Oktyabr | Noyabr | Dekabr | Yil |
Yuqori harorat °C (°F) | 13.2 (55.8) |
17.3 (63.1) |
25.3 (77.5) |
30.2 (86.4) |
33.6 (92.5) |
35.5 (95.9) |
39.4 (102.9) |
39.3 (102.7) |
35.7 (96.3) |
27.9 (82.2) |
23.2 (73.8) |
15.2 (59.4) |
39.4 (102.9) |
Oʻrtacha yuqori harorat °C (°F) | −0.8 (30.6) |
0.7 (33.3) |
6.5 (43.7) |
15.0 (59.0) |
21.1 (70.0) |
24.6 (76.3) |
26.5 (79.7) |
25.9 (78.6) |
20.0 (68.0) |
12.9 (55.2) |
5.3 (41.5) |
0.5 (32.9) |
13.2 (55.8) |
Kunlik oʻrtacha harorat °C (°F) | −3.2 (26.2) |
−2.3 (27.9) |
2.5 (36.5) |
10.0 (50.0) |
15.8 (60.4) |
19.5 (67.1) |
21.3 (70.3) |
20.5 (68.9) |
14.9 (58.8) |
8.6 (47.5) |
2.6 (36.7) |
−1.8 (28.8) |
9.0 (48.2) |
Oʻrtacha past harorat °C (°F) | −5.5 (22.1) |
−5.0 (23.0) |
−0.8 (30.6) |
5.7 (42.3) |
10.9 (51.6) |
14.8 (58.6) |
16.7 (62.1) |
15.7 (60.3) |
10.6 (51.1) |
5.1 (41.2) |
0.4 (32.7) |
−3.9 (25.0) |
5.4 (41.7) |
Minimum past harorat °C (°F) | −31.1 (−24.0) |
−32.2 (−26.0) |
−24.9 (−12.8) |
−10.4 (13.3) |
−2.4 (27.7) |
2.5 (36.5) |
5.8 (42.4) |
3.3 (37.9) |
−2.9 (26.8) |
−17.8 (0.0) |
−21.9 (−7.4) |
−30.0 (−22.0) |
−32.2 (−26.0) |
Oʻrtacha yogʻingarchilik sm (dyuym) | 38 (1.5) |
40 (1.6) |
40 (1.6) |
42 (1.7) |
65 (2.6) |
73 (2.9) |
68 (2.7) |
56 (2.2) |
57 (2.2) |
46 (1.8) |
46 (1.8) |
47 (1.9) |
618 (24.3) |
Average extreme snow depth sm (dyuym) | 9 (3.5) |
11 (4.3) |
7 (2.8) |
0 (0) |
0 (0) |
0 (0) |
0 (0) |
0 (0) |
0 (0) |
0 (0) |
2 (0.8) |
5 (2.0) |
11 (4.3) |
Average rainy days | 8 | 7 | 9 | 13 | 14 | 15 | 14 | 11 | 14 | 12 | 12 | 9 | 138 |
Average snowy days | 17 | 17 | 10 | 2 | 0.2 | 0 | 0 | 0 | 0.03 | 2 | 9 | 16 | 73 |
Average relative humidity (%) | 83.8 | 80.2 | 71.6 | 61.0 | 62.4 | 64.2 | 65.9 | 64.4 | 70.7 | 77.2 | 85.0 | 86.2 | 72.7 |
Oylik o‘rtacha quyoshli soatlar | 42 | 64 | 112 | 162 | 257 | 273 | 287 | 252 | 189 | 123 | 51 | 31 | 1 843 |
Manba 1: Pogoda.ru.net,[17] Geofizika markaziy rasadxonasi (ekstremal),[14][15] Jahon meteorologiya tashkiloti (namlik 1991–2020)[18] | |||||||||||||
Source 2: Daniya meteorologiya instituti (quyosh, 1931–1960)[19] |
Huquqiy maqomi, mahalliy hokimiyati va siyosati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Huquqiy maqomi va mahalliy hokimiyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiyev shahar munitsipaliteti Ukrainadagi boshqa maʼmuriy boʻlinmalardan farqli oʻlaroq maxsus huquqiy maqomga ega. Eng muhim farq shundaki, shahar Ukrainaning viloyat markazi hisoblanadi. Bu shunday maqomga ega yagona shahar boʻlib, ikki tomonlama yurisdiksiyaga ega. Shahar davlat maʼmuriyati rahbari – shahar hokimi – Ukrainaning prezidenti tomonidan tayinlanadi, shahar kengashi rahbari – Kiyev meri esa mahalliy saylovlar orqali saylanadi.
Kiyev meri Vitali Klitschko boʻlib, u 2014-yil 5-iyunda bu lavozimni egallagan[20][21].
Shahar davlat maʼmuriyati va kengashi Xreshchatik koʻchasidagi Kiyev shahar kengashi binosida joylashgan. Viloyat maʼmuriyati va kengashi esa „Lesya Ukrainka maydoni“dagi viloyat kengashi binosida joylashgan.
-
Ukraina Vazirlar Mahkamasi qarorgohi
-
Prezident maʼmuriyati binosi
-
Kiyev shahar kengashi, Xreshchatik koʻchasi.
Siyosati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiyevning siyosiy va iqtisodiy ahamiyatining oshishi, xalqaro aloqalari va keng internet hamda ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkoniyati uni Ukrainaning Gʻarbga va demokratik davlatlarga eng yaqin mintaqaga aylantirgan[22]. Yevropa Ittifoqi bilan yaqinroq integratsiyani qoʻllab-quvvatlovchi (shunday deb ataladigan) milliy-demokratik partiyalar Kiyevda boʻlib oʻtgan saylovlarda eng koʻp ovoz toʻplagan[23][24][25][26].
2014-yil fevral oyining birinchi yarmida Kiyev Xalqaro Sotsiologiya Instituti tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, Kiyevda soʻrovda qatnashganlarning atigi 5.3 foizi „Ukraina va Rossiya bitta davlatga birlashishi kerak“ deb hisoblagan. Bu koʻrsatkich butun mamlakat boʻyicha esa 12.5 foizni tashkil etgan.
Bu statistik maʼlumotlar Kiyev aholisining Rossiya bilan birlashishga nisbatan kamchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlashi va butun Ukraina aholisiga nisbatan ancha past foizni tashkil etishini koʻrsatgan. Kiyevda yashovchilarning koʻpchiligi mustaqil Ukraina davlati va uning Yevropa integratsiyasi yoʻlidagi siyosatini qoʻllab-quvvatlaydi[27].
Boʻlinmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rasmiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Г – Holosiivskyi tumani
- О – Obolonskyi tumani
- Печ – Pecherskyi tumani
- Под – Podilskyi tumani
- Ш – Shevchenkivskyi tumani
- Св – Sviatoshynskyi tumani
- Сол – Solomianskyi tumani
- Дар – Darnytskyi tumani
- Дес – Desnianskyi tumani
- Дн – Dniprovskyi tumani
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | sectionga aloqador ushbu maqolaning baʼzi qismlari yangilanishga muhtojdir. |

Rasmiy roʻyxatga olish statistik maʼlumotlariga koʻra, 2013-yil iyul oyida Kiyev shahrida 2 847 200 nafar aholi istiqomat qilgan[28].
Tarixiy oʻsish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
10xx | 100 000 | — |
1647 | 15 000 | −85.0% |
1666 | 10 000 | −33.3% |
1763 | 42 000 | +320.0% |
1797 | 19 000 | −54.8% |
1835 | 36 500 | +92.1% |
1845 | 50 000 | +37.0% |
1856 | 56 000 | +12.0% |
1865 | 71 300 | +27.3% |
1874 | 127 500 | +78.8% |
1884 | 154 500 | +21.2% |
1897 | 247 700 | +60.3% |
1905 | 450 000 | +81.7% |
1909 | 468 000 | +4.0% |
1912 | 442 000 | −5.6% |
1914 | 626 300 | +41.7% |
1917 | 430 500 | −31.3% |
1919 | 544 000 | +26.4% |
1922 | 366 000 | −32.7% |
1923 | 413 000 | +12.8% |
1926 | 513 000 | +24.2% |
1930 | 578 000 | +12.7% |
1940 | 930 000 | +60.9% |
1943 | 180 000 | −80.6% |
1956 | 991 000 | +450.6% |
1959 | 1 109 840 | +12.0% |
1970 | 1 631 908 | +47.0% |
1979 | 2 143 855 | +31.4% |
1989 | 2 602 754 | +21.4% |
2001 | 2 611 327 | +0.3% |
2011 | 2 799 199 | +7.2% |
2022 | 2 952 301 | +5.5% |
at 1 January of years 10xx-1959,[29][30] 1959-2022[31] |
Tili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiyev shahrida ukrain va rus tillari keng tarqalgan boʻlib, 2001-yilgi aholini roʻyxatga olishda shahar aholisining taxminan 75% „ona tiling qaysi“ degan savolga „ukrain tili“, qariyb 25% qismi esa „rus tili“ deb javob bergan[32]. 2006-yilgi soʻrovnomaga koʻra, Kiyevliklarning 23% ukrain tilida, 52% rus tilida gaplashadi, 24% esa ikkala tilni ham almashib ishlatadi[33]. 2003-yilgi soʻrov natijalariga koʻra: aholining 52%i odatda rus tilida, 32%i rus va ukrain tillarini aralashtirib, 14%i asosan ukrain tilida, 4.3%i faqatgina ukrain tilida muloqot qilish aniqlangan[34].
Qardosh shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiyev bilan qardoshlik aloqalarini oʻrnatgan shaharlar[35]:
Anqara, Turkiya (1993)
Ashxobod, Turkmaniston (2001)
Ostona, Qozogʻiston (1998)
Afina, Gretsiya (1996)
Boku, Ozarbayjon (1997)
Pekin, Xitoy (1993)
Berlin, Germaniya (2023)[36]
Bishkek, Qirgʻiziston (1997)
Braziliya, Braziliya (2000)
Bratislava, Slovakiya (1969)
Bryussel, Belgiya (1997)
Buxarest, Ruminiya (2022)[37]
Buenos-Ayres, Argentina (2000)
Chikago, AQSH (1991)
Kishinyov, Moldova (1993)
Kopengagen, Daniya (2023)[38]
Edinburg, Shotlandiya (1989)
Florensiya, Italiya (1967)
Jakarta, Indoneziya (2005)
Krakov, Polsha (1993)
Kyoto, Yaponiya (1971)
Leyptsig, Germaniya (1956)
Lima, Peru (2005)
Mexiko, Meksika (1997)
Myunxen, Germaniya (1989)
Odense, Daniya (1989)
Oʻsh viloyati, Qirgʻiziston (2002)
Pretoriya, Janubiy Afrika (1993)
Riga, Latviya (1998)
Rio-de-Janeyro, Braziliya (2000)
Santyago, Chili (1998)
Sofiya, Bolgariya (1997)
Suchjou, Xitoy (2005)
Tallin, Estoniya (1994)
Tampere, Finlyandiya (1954)
Toshkent, Oʻzbekiston (1998)
Tbilisi, Gruziya (1999)
Tuluza, Fransiya (1975)
Vilnyus, Litva (1991)
Varshava, Polsha (1994)
Uxan, Xitoy (1990)
Boshqa hamkor shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kiyevdagi arxitektura namunalari, tarixiy ahamiyatga ega joylar va yodgorliklar
-
Oltin darvoza
-
Sobor
-
Avliyo Safiya sobori
-
Avliyo Volodimir sobori
-
Avliyo Mayklning Oltin gumbazli monastiri
-
Avliyo Endryu cherkovi
-
Mariinskiy saroyi
-
Ximerlar uyi
-
Brodskiy xor sinagogasi – Mavriyan uygʻonish davri arxitekturasi
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1918-yilgacha boʻlgan imlo: Кіевъ
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Number of present population of Ukraine 1 January 2022“ (uk). UkrStat.gov.ua (2022-yil 1-yanvar). 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-fevral.
- ↑ „Kiev“. TheFreeDictionary.com. 2018-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-iyul.
- ↑ Magocsi, Paul Robert. A History of Ukraine: The Land and Its Peoples, 2nd, Revised, University of Toronto Press, 2010 — 481-bet. ISBN 978-1-4426-9879-6. Qaraldi: 2017-yil 9-sentyabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Preston, Rich [@RichPreston]. „And here's what the BBC Pronunciation Unit advises. We changed our pronunciation and spelling of Kiev to Kyiv in 2019.“.
- ↑ Andoza:Cite Merriam-Webster
- ↑ Andoza:Cite EPD
- ↑ 8,0 8,1 Andoza:Cite LPD
- ↑ „Kyjiw“ (de). Duden. Qaraldi: 2024-yil 29-noyabr.
- ↑ „Kiev“ (en). Collins English Dictionary. HarperCollins. 2021-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr. The entry is the same as the print edition of Collins Dictionary of English, 13th, Glasgow, UK: HarperCollins, 2018. It includes the note „Ukrainian name: Kyiv“. For American English, the website also includes the definition from Webster's New World College Dictionary, 4th, Boston: Houghton Mifflin Harcourt, 2010. In the 2018 fifth edition, WNWCD changed the main headword to Kyiv, with Kiev as a see-also entry with the label „Russ. name for Kyiv“.
- ↑ „Kiev“ (en). Merriam-Webster.com Dictionary. Merriam-Webster. 2020-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr. Merriam–Webster’s online dictionary entry has the headword „Kiev“ with the label „variants: or Ukrainian Kyiv or Kyyiv.“ According to M–W’s help on entries (Wayback Machine saytida 11 August 2020 sanasida arxivlangan), the key word or signals an equal variant spelling: „these the two spellings occur with equal or nearly equal frequency and can be considered equal variants. Both are standard, and either one may be used according to personal inclination.“
- ↑ Ukrainian Commission for Legal Terminology „Kiev?, Kyiv?! Which is right?“. UA Zone. 2011-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-mart.
- ↑ Kottek, M.; J. Grieser; C. Beck; B. Rudolf; F. Rubel (2006). "World Map of the Köppen-Geiger climate classification updated". Meteorol. Z. 15 (3): 259–263. doi:10.1127/0941-2948/2006/0130. ISSN 0941-2948. http://koeppen-geiger.vu-wien.ac.at/pdf/kottek_et_al_2006_A4.pdf. Qaraldi: 24 August 2012.Kiyev]]
- ↑ 14,0 14,1 14,2 „ЦГО Кліматичні дані по м.Києву“ (uk). cgo-sreznevskyi.kyiv.ua. Central Observatory for Geophysics. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 „ЦГО Кліматичні рекорди“ (uk). cgo-sreznevskyi.kyiv.ua. Central Observatory for Geophysics. 2020-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
- ↑ Kyiv (Wayback Machine saytida 4 May 2015 sanasida arxivlangan)", Encyclopædia Britannica. Retrieved 9 March 2020.
- ↑ „Weather and Climate – The Climate of Kyiv“ (ru). Weather and Climate (Погода и климат). 2019-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „Kyiv Climate Normals 1991–2020“ (CSV). World Meteorological Organization Climatological Standard Normals (1991–2020). National Centers for Environmental Information. 2025-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 20-aprel.
- ↑ Cappelen, John; Jensen, Jens „Ukraine – Kyiv“ (da). Climate Data for Selected Stations (1931–1960). Danish Meteorological Institute. 2013-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
- ↑ Vitali Klitschko sworn in as mayor of Kyiv (Wayback Machine saytida 11 November 2020 sanasida arxivlangan), Interfax-Ukraine (5 June 2014)
- ↑ Klitschko officially announced as winner of Kyiv mayor election (Wayback Machine saytida 7 September 2020 sanasida arxivlangan), Interfax-Ukraine (4 June 2014)
- ↑ Сюмар, Вікторія.. „Київ: стратегічна позиція чи "чемодан" без ручки?“. Ukrayinska Pravda (2012-yil 22-may). 2014-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-avgust.
- ↑ Свобода, Радіо. „Виборчі комісії фіксують перемогу опозиційних кандидатів у Києві“ (2012-yil 31-oktyabr). 2022-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
- ↑ {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda
title=
parametri belgilanishi kerak. - ↑ „uk:У кожного киянина в голові – досвід Майдану“ (uk) (2013-yil 20-aprel). 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-avgust.
- ↑ (ukraincha) Interactive parliamentary election 2012 result maps (Wayback Machine saytida 29 December 2012 sanasida arxivlangan) by Ukrayinska Pravda
(ukraincha) Election results in Ukraine since 1998 (Wayback Machine saytida 3 December 2010 sanasida arxivlangan), Central Election Commission of Ukraine
Nations and Nationalism: A Global Historical Overview (Wayback Machine saytida 14 June 2020 sanasida arxivlangan), ABC-CLIO, 2008, ISBN 1851099077 (page 1629)
Ukraine on its Meandering Path Between East and West (Wayback Machine saytida 14 June 2020 sanasida arxivlangan) by Andrej Lushnycky and Mykola Riabchuk, Peter Lang, 2009, ISBN 303911607X (page 122)
After the parliamentary elections in Ukraine: a tough victory for the Party of Regions (Wayback Machine saytida 17 March 2013 sanasida arxivlangan), Centre for Eastern Studies (7 November 2012)
Communist and Post-Communist Parties in Europe (Wayback Machine saytida 6 August 2020 sanasida arxivlangan) by Uwe Backes and Patrick Moreau, Vandenhoeck & Ruprecht, 2008, ISBN 978-3-525-36912-8 (page 396)
Party of Regions gets 185 seats in Ukrainian parliament, Batkivschyna 101 – CEC (Wayback Machine saytida 31 October 2013 sanasida arxivlangan), Interfax-Ukraine (12 November 2012)
UDAR submits to Rada resolution on Ukraineʼs integration with EU, Interfax-Ukraine (8 January 2013)
(ukraincha) Electronic Bulletin „Your Choice – 2012“. Issue 4: Batkivshchyna (Wayback Machine saytida 3 December 2013 sanasida arxivlangan), Ukrainian Center for Independent Political Research (24 October 2012)
Ukraineʼs Party System in Transition? The Rise of the Radically Right-Wing All-Ukrainian Association „Svoboda“ (Wayback Machine saytida 2 February 2014 sanasida arxivlangan) by Andreas Umland, Centre for Geopolitical Studies (1 May 2011)
„Вибори-2012. Результати голосування“ (Ukrainian). 2013-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-avgust. - ↑ How relations between Ukraine and Russia should look like? Public opinion polls' results (Wayback Machine saytida 23 December 2017 sanasida arxivlangan), Kyiv International Institute of Sociology (4 March 2014)
- ↑ „uk:Чисельність населення м.Києва“ [Population of Kyiv city] (uk). UkrStat.gov.ua (2015-yil 1-noyabr). 2020-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-yanvar.
- ↑ Kyiv Statistical Yearbook for 2008. Kiev: Vydavnytstvo Konsultant LLC, 2009 — 213-bet. ISBN 978-966-8459-28-3.
- ↑ Kudritskiy, A. V.. KIEV entsiklopedicheskiy spravochnik. Kiev: Glavnaya redaktsia Ukrainskoy Sovetskoy Entsiklopedii, 1982 — 30-bet.
- ↑ „Cities & Towns of Ukraine“.
- ↑ According to the official 2001 census data: „Всеукраїнський перепис населення 2001 | Rezultati | Osnovnі pіdsumki | Natsіonalniy sklad naselennya | mіsto Kiіv“ (uk). ukrcensus.gov.ua. 2009-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 14-yanvar. „Всеукраїнський перепис населення 2001 | Rezultati | Osnovnі pіdsumki | Movniy sklad naselennya | mіsto Kiїv“ (uk). ukrcensus.gov.ua. 2010-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 14-yanvar.
- ↑ "Kiev: the city, its residents, problems of today, wishes for tomorrow", Zerkalo Nedeli, 29 April – 12 May 2006. in Russian. (Wayback Machine saytida 17 February 2007 sanasida arxivlangan), in Ukrainian (Wayback Machine saytida 17 February 2007 sanasida arxivlangan)
- ↑ „What language is spoken in Ukraine?“. Welcome to Ukraine. 2017-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-fevral.
- ↑ „Перелік міст, з якими Києвом підписані документи про поріднення, дружбу, співробітництво, партнерство“ (uk). kyivcity.gov.ua. Kyiv (2018-yil 15-fevral). 2021-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Neue Städtepartnerschaft mit Kyiv: Vitali Klitschko in Berlin“ (de). berlin.de (2023-yil 11-sentyabr). 2023-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Nicuşor Dan: Am hotărât să aprobăm înfrăţirea dintre Bucureşti şi Kiev“ (ro). mediafax.ro. Mediafax (2022-yil 7-mart). 2023-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyul.
- ↑ Journalist, Magnus Ankerstjerne „København vedtager venskabsaftale med Kyiv“ (da). TV 2 Kosmopol. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Brutzkus, J. „The Khazar Origin of Ancient Kiev“. Slavonic and East European Review. American Series, vol. 3, no. 1, 1944, pp. 108–124. JSTOR. Accessed 16 June 2020.
Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Kiev (government)" Encyclopædia Britannica 15 (11chi nashri) Cambridge University Press 788–789 b
- Hamm, Michael F.. Kiev. A portrait, 1800–1917, 1993.
Kropotkin, Peter Alexeivitch; Bealby, John Thomas (1911) "Kiev (city)" in Chisholm, Hugh Encyclopædia Britannica 15 (11chi nashri) Cambridge University Press 789–790 b
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kiїvska mіska derjavna admіnіstratsіya – Kiyev shaharining rasmiy veb-portali (ukraincha)
- Kiyev Twitter sahifasi
- Kievning rasmiy turistik qoʻllanmasi
- Kiyev shahrining rasmiy vebsayti (ukraincha)
- Kiyev shahrining suratlari (ruscha) (Wayback Machine saytida 2010-04-14 sanasida arxivlangan)
![]() | Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |