Kontent qismiga oʻtish

Xulq

Vikiiqtibosdan olingan
Xulq
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari

Xulq, xulq-atvor – axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning feʼl atvori bilan bogʻliq axloqiy hodisa boʻlib, kishi feʼlining axloqiylik doirasida namoyon boʻlishi tushuniladi.



  •  

Abadiy saodatning kaliti xushfeʼllikdir,
Ammo unga baʼzilar doim muyassar ermas![1]

  Abulbarakot Qodiriy
  •  

Baʼzi hakimlarning fikricha, xushxulqlikning oʻnta nishonasi bor. Ular quyidagilar: birinchi, yaxshi ishlarda odamlar bilan hamisha birga boʻlish, ikkinchi, nafs kuyiga kirmaslik, uchinchi, oʻzgalar aybini qidirmaslik, toʻrtinchi, birovdan biror ayb sodir boʻlsa, uni yaxshilikka yuyish, beshinchi, aybdor uzr soʻrasa, aybini kechirish, oltinchi, muhtojlar hojatini chiqarish, yettinchi, oʻzi haqida oʻylayvermay, boshqalar haqida ham qaygʻurish, sakkizinchi, oʻz aybiga iqror boʻlish, toʻqqizinchi, ochiq yuzlik boʻlish, oʻninchi, xushmuomala boʻlish[2].

  Abulbarakot Qodiriy
  •  

Bir dono kishi bir ulugʻ olimning quyidagi soʻzlarini keltiradi: „Yoqimli xulq kishining barcha ayblarini quyosh qorni eritib yuborgandek eritib yoʻqotib yuboradi“[3].

  Abulbarakot Qodiriy
  •  

Bir hakimdan: „Xushxulq kishi qanday kishi?“ deb soʻradilar. Hakim: „Hech narsadan ranjimaydigan kishi!“ deb javob berdi. Yomon xulqli kishi haqida soʻraganlarida esa: „Yomonlik bilan yaxshilik oʻrtasidagi farqni bilmaydigan kishi!“ deb javob berdi[4].

  Mavlono Xurramiy
  •  

Hakimlarning aytishicha, shijoat, saxovat va xushxulqlik eng aʼlo fazilatlar boʻlib, bu sifatlarga ega boʻlgan kishilar doimo ulugʻlik sarmoyasidan bahramand boʻlganlar. Mazkur sifatlar ichida xushxulqlik alohida diqqatga sazovordir. Negaki, shijoatga ahyon-ahyonda ish tushadi. Saxovat oliy fazilat boʻlsa-da, u barchaga muyassar boʻlavermaydi, uning uddasidan chiqish uchun kishiga har xil shart-sharoitlar kerak. Ammo xushxulqlik shunday narsaki, unga barcha odam yeta oladi. Yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand boʻladi. Bunday xulq egasi boshqalarni xursand qilishidan tashqari, oʻzi ham doimo xursand yuradi, boshqalardan esa oʻziga muhabbat va muloyimlik qaytadi[1].

  Abulbarakot Qodiriy
  •  

Inson goʻzalligining asosi uning chiroyli xulqidir.
Chiroyli xulq bilan inson insondir,
Chetdan boqsang shakli hammasi bir xil.
Rang-u hidi bilan farqi bilinar,
Yozilishda bir xil boʻlgan „gulu gil!“[5]

  Mavlono Xurramiy
  •  

Jahonda qidirib, kimdan soʻrmadim,
Yaxshi xulqdan yaxshi narsa koʻrmadim![2].

  Abulbarakot Qodiriy
  •  

Kishini goʻzal qilib koʻrsatadigan uning chiroyi emas, balki chiroyli xulqidir. Chiroyli xulq xunuk kishini ham chiroyli qilib koʻrsatadi. Chiroyli xulq chiroyli kishilarda mavjud boʻlsa, nur aʼlan nurdir[6].

  Mavlono Xurramiy
  •  

Koʻrkam xulq quyidagicha boʻladi: olib ketsa beriladi, yaxshilikdan mahrum etilsa yaxshilik qiladi, zulm qilsa, muruvvat koʻrsatadi, shunday qilgan kishiga odamlar ibrat koʻzi bilan qaraydilar[3].

  Abulbarakot Qodiriy
  •  

Rostdan ham, barcha narsadan yoqimli sifat xushfeʼllikdir. Xushfeʼllik odamga doimo kerak. Chunki xushfeʼllikka hamma odam muhtoj![1]

  Abulbarakot Qodiriy
  •  

Yuz millatning kitobin oʻqisa ham omidir,
Odamiylik kitobin oʻqimasa har kishi![1]

  Abulbarakot Qodiriy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 95.
  2. 2,0 2,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 91.
  3. 3,0 3,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 93.
  4. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 94.
  5. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 92.
  6. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 215.

Adabiyotlar

[tahrirlash]