Lech Wałęsa
![]()
| |
Mansabda boʻlgan yillari 22-dekabr 1990 – 22-dekabr 1995 | |
Yordamchi(lar) | Tadeush Mazovyetskiy Yan Krjishtof Byeletskiy Yan Olshevskiy Valdemar Pavlak Xanna Suxotskaya Valdemar Pavlak Yuzef Oleksi |
---|---|
Avvalgi prezident | Voytsex Yaruzelskiy |
Tavalludi |
29-sentyabr 1943-yil Popovo, Polsha |
Turmush oʻrtogʻi | Danuta Valensa |
Lex Valensa (polyakcha: Lech Wałęsa; 29-sentyabr 1943, Popovo) polyak siyosatdoni, Polsha Respublikasining Prezidenti boʻlgan (1990-1995). Valensa shuningdek sobiq kasaba uyushmasi faoli va inson huquqlari himoyachisi hamdir. Sovet blokida birinchi mustaqil kasaba uyushmasi Hamjihatlik (Solidarność) tuzib, 1983-yili tinchlik uchun Nobel mukofotiga erishgan.[1]
Valensa oliy maʼlumot olmagan, kasbi elektrik edi. Gdansk (sobiq „Lenin“) kemaxonasida ish boshlab, kasaba uyushmasi faoliga aylangan. Buning uchun u Polsha kommunist hukumati tomonidan jazolangan, kuzatuv ostiga qoʻyilgan, 1976-yili ishdan haydalgan, bir necha bor hibsga olingan. 1980-yil avgustida u ish tashlagan ishchilar va hukumat orasida Gdansk kelishuvini tuzishda katta rol oʻynab, Hamjihatlik harakatini boshladi. Bundan keyin u yana hibsga olindi, Hamjihatlik taqiqlandi. Ozodlikka chiqqanidan keyin 1989-yil iyunida parlament saylovi oʻtkazishda yordam qildi va natijada hukumat tepasiga Hamjihatlik keldi.
Valensa 1990-yilgi prezidentlik saylovida gʻolib chiqdi. Polshaning kommunist davlatdan bozor iqtisodiga oʻtishini boshqardi. Biroq bir necha yil davomida uning shuhrati pasaydi, 1995-yilgi prezidentlik saylovida yutqazdi va siyosatdagi ahamiyatini yoʻqotdi. Hozirda u tarix va siyosatdan maʼruzalar oʻqish bilan mashgʻul.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „CNN Cold War – Profile: Lech Walesa“. CNN. 2008-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-avgust 2007-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
![]() | Davlat yetakchisi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |