Minhojiddin Haydar
Minhojiddin Haydar | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
3-may 1941-yil Oltinkoʻl tumani, Andijon viloyati, O‘zbekiston |
Vafoti |
9-yanvar 2025-yil (83 yoshda) Oʻzbekiston |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Minhojiddin Haydar (1941-yil 3-may, Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani, Maslahat (Toʻn koʻygan) qishlogʻi – 2025-yil 9-yanvar[1]) – jurnalist, shoir, tarjimon, dramaturg. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Minhojiddin Haydar 1941-yil 3-may kuni Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumaning Maslahat qishlogʻida tavallud topgan. Oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng 1958—1960-yillarda Andijon meditsina bilim yurtida oʻqigan. 1963—1968-yillarda Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetida tahsil olgan. „Oʻzbekiston madaniyati“ (hozirgi „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“) roʻznomasida, „Yosh gvardiya“ va Gʻafur Gʻulom nashriyotida yetakchi muharrir boʻlib xizmat qilgan.
Minhojiddin Haydar Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi „Minhoj“ saxovat nashriyotini ochib, unga vafotiga qadar rahbarlik qildi. Mazkur nashriyotda xalqimizning boy tarixi, madaniy merosiga oid noyob asarlari chop etilgan.
Minhojiddin Haydar 2025-yil 9-yanvar kuni 84 yoshida vafot etgan.
Sheʼriy toʻplamalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Inson yuragi“ (1971)
- „Nina ustida qasr“ (1979)
- „Oʻchmas boʻron“ (1979)
- „Tirik alanga“ (1984)
- „Bulbulsiz“ (1991)
Minhojiddin Haydarning „Musallo“ (1992) nomli publitsistik asari nashr etildi[2].
Sheʼriy dramalari va pamfletlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Onaizor“ (1970)
- „Doʻzaxdagi shayton“ (1976)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Minhojiddin Haydar: „Bulbulsoʻz“ saqlab olish (Wayback Machine saytida 2016-04-17 sanasida arxivlangan)
- Minhojiddin Haydar: „Visol xabari“ saqlab olish (Wayback Machine saytida 2016-04-18 sanasida arxivlangan)
- Minhojiddin Haydar „Buyuk shaxslar“ portalida (Wayback Machine saytida 2016-04-18 sanasida arxivlangan)